Header poster

OTB pandemiya davrida Korzinka faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun $12 mln kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki Korzinka supermarketlar tarmogʻi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun kredit ajratishni maʼqulladi. Bu haqida Gazeta.uz xabar berdi.

Kredit miqdori soʻmda 12 mln dollar ekvivalentiga teng boʻladi. Ushbu mablagʻ Korzinka supermarketlar tarmogʻini boshqaruvchi Anglesey Food Foreign Enterprise kompaniyasiga bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yilga taqdim etiladi.

Bank uchun bu Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalariga davlat kafolatisiz toʻgʻridan-toʻgʻri berilgan birinchi kredit hisoblanadi. Bu OTBning pandemiya sharoitida biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 20 mlrd dollarlik dasturining bir qismi hisoblanadi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар