Header poster

OTB Oʻzbekistonga 162 mln dollarlik kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekistonda temir yoʻl xizmatlarini yaxshilash hamda mintaqada savdo va turizmni rivojlantirish uchun 162 mln dollarlik kredit ajratishni maʼqulladi. Bu haqiga Gazeta.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, loyiha doirasida mamlakat gʻarbidagi yirik shahar markazlari, jumladan, Buxoro, Miskin, Urganch va Xiva shaharlarini bogʻlovchi 465 kilometrlik temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish koʻzda tutilgan.

Bu soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlanuvchi tezyurar poyezdlarning harakatini yoʻlga qoʻyish, Buxoro va Xiva oʻrtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha qisqartirish, poytaxt Toshkentdan Xivaga yetti soatda yetib borish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар