Header poster

O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 9-fevral kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000-68 000 so‘m;

qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000-80 000 so‘m (27-yanvar holatiga ko‘ra, 54 000-80 000 so‘m);

kartoshka (1 kilogramm) — 3 500-7 000 so‘m (3 000-8 000 so‘m);

piyoz (1 kilogramm) — 1 500-4500 so‘m (1 500-4000 so‘m);

sabzi (1 kilogramm) — 1 000-5 000 so‘m;

tuxum (10 dona) — 6 000-14 000 so‘m;

guruch (1 kilogramm) — 5 000-17 500 so‘m;

o‘simlik yog‘i (1 litr) — 13 600-24 000 so‘m (14 000-24 000 so‘m);

shakar (1 kilogramm) — 7 900-10 500 so‘m (7 500-10 500 so‘m).

Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар