Header poster

“O‘zbekneftgaz” 20 ta yangi konda geologiya-qidiruv ishlarini olib boradi

Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022 yilda iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft va gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida hukumat qarorlari loyihalari va amaliy chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqiladi.

Ular asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

- “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 20 ta yangi maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish orqali istiqbolli zaxiralar miqdorlarini tabiiy gaz bo‘yicha 35 mlrd kub metrga va suyuq uglevodorodlar bo‘yicha 1,0 mln tonnaga oshirilishi ta’minlanadi.

-️ Respublika bo‘yicha tabiiy gaz qazib chiqarish prognoz hajmlarini 2022 yilda 56,3 mlrd kub metrgacha oshirish orqali yillik gaz qazib chiqarish hajmlarining kompensasiya darajasi 104 foizgacha yetkaziladi.

- Mahalliy zavodlarda suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni 2022 yilda 832 ming tonnagacha ko‘paytiriladi.

Bunda:

-️ “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 105 ta yangi quduqlarni burg‘ilab ishga tushiriladi, 594 ta quduqda mukammal ta’mirlash va intensifikasiya ishlari bajariladi hamda 27 ta texnologik ob’yekt qurib ishga tushiriladi;

-️ “O‘ztransgaz” AJ tomonidan 67,4 km magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlari va 17 ta gaz taqsimlash stansiyalari kapital ta’mirlanadi, rekonstruksiya qilinadi va yangidan quriladi;

- “Hududgazta’minot” AJ tomonidan 222,8 km gaz tarmoqlari kapital ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi hamda suyultirilgan gaz ta’minoti infratuzilmasi rivojlantiriladi.

"Сатира" нинг Telegram каналига обуна бўлинг.

Кўпроқ янгиликлар