
2022-yili O‘zbekistonda narxlar qanday o‘zgarishi tahmin qilindi
2022-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya ko‘rsatkichi 8-9 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Bu shuni anglatadiki, joriy yildagi narxlar inflyatsiya holati deyarli 10 foizni ko‘rsatgan 2021-yilga nisbatan sekinroq o‘sadi.
8-9 foiz — so‘nggi yillardagi nisbatan past ko‘rsatkichlardan biri. Ushbu tahmin bir qator omillarga tayandi:
“o‘rtacha qat’iy” pul-krediti sharoitlarining davom etishi;
kredit qoldig‘ining nominal YaIM o‘sishiga proporsional tarzda oshishi;
umumiy budjet taqchilligini YaIMning 3 foizigacha kamaytirish choralari;
raqobat sharoitlarini yaxshilash;
inflyatsiyaning monetar bo‘lmagan faktorlarini kamaytirish bo‘yicha hukumat harakatlari.
Narxlar qanday sabablarga ko‘ra ko‘tarilishi mumkin?
Markaziy bankda ta’kidlashlaricha, inflyatsiya quyidagi tashqi xavflar tufayli oshishi mumkin:
omikron shtammining keng tarqalishi va keyingi pandemiya rivojlanishi;
hamkor mamlakatlardagi transchegaraviy yetkazmalarning kechikishi;
bozorlarni nazoratga olish bo‘yicha 2021-yilgii choralar;
eksport kvotalari va bojlar;
oldindan belgilangan savdo narxlari;
Xitoy ta’minot zanjiridagi uzilishlar;
yetkazib berish bo‘yicha yuqori tariflar bilan birga ishlab chiqaruvchi va xomashyo narxlarining oshishi.
Jahon bozori miqyosida talab va taklif hajmi muhim o‘rin tutadi. 2022-yilda Xitoy bozorida talab hajmi tiklanishi mumkin bo‘lib, buning natijasida oziq-ovqat narxining oshishi ehtimoli mavjud.
2021-yilda asosiy hamkor mamlakatlardagi yuqori inflyatsiya kuzatilishi va bunday holatning 2022-yilda qaytalanishi taxminlari ichki narxlarga o‘z bosimini o‘tkazishda davom ettiradi.
Xalqaro tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida tashqi inflyatsiya bosimining nisbiy pasayishi yuz beradi.
Bu hodisa mahalliy iste’molchilik tovarlari narxlariga bo‘lgan tashqi omillar ta’sirini barqarorlashishiga xizmat qiladi.