
Monopoliyaning ayrim turlariga barham berish maqsadida tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xususiy sektorlariga berilganeksklyuziv huquqlarni aniqlash va tovar bozorlaridagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Ta’kidlash joizki, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlar bekor qilinib, davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatiladi va xususiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bu chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan.
Bozorlardagi jiddiy to‘siq va muammolarni aniqlash, monopoliyaning ayrim turlariga barham berishga xizmat qiladigan mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.