
O‘zbekiston Rossiyaga tabiiy gaz eksportini butunlay to‘xtatdi
Bu haqdagi "Interfaks" xabarini O‘zbekiston Energetika vazirligi ham tasdiqladi, deya xabar bermoqda Rost24.
Vazirlik 2022 yilda O‘zbekiston Rossiyaga tabiiy gaz yetkazib berishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Rossiyaga gaz yetkazib berish amalga oshirilmayapti, 2022 yilga mo‘ljallangan rejalar ham yo‘q.
"Interfaks" xabariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekiston "Gazprom"ga 3,8 milliard kub/metr gaz yetkazib bergan, 2019 yilda yetkazib berish hajmini 4,9 milliard kubga oshirgan, 2020 yilda esa eksport to‘xtatilgan. 2020 yilda "Gazprom" turkman gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlagan.
"Gazprom eksport" bosh direktori Yelena Burmistrova vaziyatni «Markaziy Osiyo davlatlari hozir juda jadal rivojlanmoqda. Bu birinchi navbatda, O‘zbekistonga tegishli. Biz bu mamlakatda iste’molning katta o‘sishini kuzatyapmiz. Shu bois, tabiiyki, aholiga gaz yetkazib berish kengayadi, chunki davlat gazni o‘z ehtiyojlari uchun yo‘naltiradi», deya izohlagan.